Yangiliklar

07 May 2025

 «Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj» MCHJ ijroiya organi rahbarlik lavozimiga tanlov  oʻtkazilishi toʻgʻrisida  EʼLON

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori hamda Jamiyat ijroiya organining rahbarlik lavozimlariga tanlov oʻtkazish va nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga asosan
«­Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj» MCHJ ijroiya organ rahbari lavozimiga nomzodlarni saralash boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

  1. Lavozim tavsifi (yoʻriqnomasi):

 

  - Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi hisoblanadi;

  - ishonchnomasiz Jamiyat nomidan ish ko‘radi , shu jumladan Jamiyat manfaatlarini ifoda etadi va bitimlar tuzadi;

-Jamiyatning moliyaviy va boshqa  xujjatlarini imzolaydi;

- banklarda hisob-kitob va boshqa  hisob varaqlarni ochadi, o‘z vakolatlari doirasida Jamiyat mulki va moliyaviy mablag‘larini  boshqaradi;

- yillik hisobot, yillik buxgalteriya balansi va qatnashchilar o‘rtasida sof foydani taqsimlashga oid takliflarni tayyorlaydi va qatnashchilar umumiy yig‘ilishiga taqdim etadi, ko‘rsatib o‘tilgan organlarni kundalik moliyaviy va xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida xabardor qilib turadi, umumiy yig‘ilish qarorlarining bajarilishini tashkil qiladi;

- Jamiyat ijrochi xodimlariga rahbarlik qiladi, Jamiyat shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, hisob yuritilishini tashkil qiladi  hamda Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi buxgalterlik va statistik hisobotlarning tuzilishini va ularning soliq organlariga, ijtimoiy jamg‘armalar va davlat statistika organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;

- Jamiyat nomidan vakillik qilishga ishonchnomalar beradi, shu jumladan, boshqa shaxslarga ishonchnoma berish xuquqi bilan ham;

- Jamiyat xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlarni (farmoyishlarni), shu jumladan, Jamiyat xodimlarini lavozimlarga tayinlash, ularni boshqa lavozimga o‘tkazish yoki ishdan bo‘shatish  to‘g‘risidagi  buyruqlarni  chiqaradi, rag‘batlantirish va maʼmuriy jazolash choralarini ko‘radi;

- Jamiyat o‘z tuzilmasidagi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbalarini, bosh muhandislarini, rahbar o‘rinbosarlari va bosh hisobchilari lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

- Jamiyatning o‘z  tuzilmasidagi xo‘jalik  yurituvchi subyektlari tashkiliy tizimini belgilaydi, mehnat  tartiboti va boshqa ichki lokal xujjatlarni tasdiqlaydi

-Ustavga va amaldagi qonunchilikka muvofiq jamiyat rahbari sifatida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

.

  1. Nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablar:

Quyidagi shaxslar nomzod boʻla olmaydi:

  • oliy maʼlumoti boʻlmagan shaxslar;
  • rahbarlik lavozimida kamida 2 yil ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslar;
  • ushbu shaxslar aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli, koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyani bekor qilish paytida bunday shaxslar yakka ijroiya organi vazifasini bajarayotgan boʻlsa yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirsa yoki yuridik shaxs taʼsischilari hisoblansa va bunday litsenziyani bekor qilgandan uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa;
  • iqtisodiyot sohasida yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sodir etganligi sababli sudlanganlik holati tugallanmagan boʻlsa, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestriga kiritilgan boʻlsa;
  • sud hukmiga binoan muayyan lavozimda ishlash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs;
  • bunday shaxs bankrot etib topilgan paytda yuridik shaxsning yakka ijroiya organ vazifasini bajargan yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan boʻlsa va uni bankrot deb topgan paytdan xali ikki yil oʻtmagan boʻlsa.

Nomzodlarga qoʻyiladigan umumiy talablar:

  • mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;
  • rahbarlik lavozimlarida, shu jumladan,  mazkur sohada rahbarlik Boshqaruv raisi/direktor, Boshqaruv raisi/direktor oʻrinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan lavozimlar (bosh muhandis, bosh mexanik, bosh iqtisodchi,boʻlim/sex boshligʻi va boshqa lavozimlarda kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlish;
  • mazkur sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega boʻlgan shaxslar;
  • yirik korxonalarni boshqarish boʻyicha muvaffaqiyatli tajribasi mavjudligi;
  • ishbilarmonlik va/yoki professional muhitda benuqson obroʻ va ijobiy yutuqlarga ega boʻlganligi;
  • oʻzi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxona/larda biznes strategiyasi/barqaror rivojlanish/investitsion loyihalar siyosatini ishlab chiqish va targʻib qilish tajribasi;
  • oʻzi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxona/larda chuqur oʻzgarishlarni, zamonaviy korporativ tizimini va madaniyatini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasi;
  1. Taqdim etilishi lozim boʻgan hujjatlar:
  • Tanlovda qatnashishga roziligi, taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligini tasdiqlashi va tanlovda gʻolib boʻlgan taqdirda ishga yollash shartnomasini tuzishga roziligi bildirilgan, oʻz qoʻli bilan yozilgan ariza;
  • Maʼlumotnoma-obyektivka (belgilangan shakldagi);
  • Mehnat daftarchasi nusxasi;
  • Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasasining yoki xorijda oliy taʼlim olganligi bakalavr diplomi va/yoki magistr diplomi (mavjud boʻlsa);
  • Ilmiy unvon (fan nomzodi, fan boʻyicha falsafa doktori, fan doktori) va ilmiy daraja (dotsent, katta ilmiy xodim, professor) tasdiqlovchi xujjat (mavjud boʻlsa);
  • Qoʻshimcha oliy maʼlumot olganligi (ikkinchi, uchinchi) xaqidagi diplom (mavjud boʻlsa);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga koʻra lavozimga tayinlangan toʻgʻrisidagi xujjat (ish tajribasi koʻrsatilgan holda);
  • Davlat tashkilotida maʼmuriy-boshqaruv lavozimlarida ish tajribasini tasdiqlovchi xujjat (mavjud boʻlsa) va tegishli vazirlik va idoralar hamda maxalliy xokimiyat organlari tomonidan ijobiy tavsiyanomalar taqdim etilganda qoʻshimcha baholanadi;
  • Xorijiy mamlakatlarda rahbarlik lavozimlarda (direktor, direktor oʻrinbosari, menedjer, supervayzer) ish tajribasi yoki xorijiy yurisdiksiyada masalalarni hal qilishning amaliy tajribasiga ega ekanlikni tasdiqlovchi xujjat (mavjud boʻlsa). Ijobiy tavsiyanomalar boʻlsa, qoʻshimcha baholanadi;
  • Tanlov eʼlon qilingan sohadagi rahbarlik tajribasi (boshqaruv raisi/direktor, boshqaruv raisi/direktor oʻrinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan lavozimlar (bosh muhandis, bosh mexanik, bosh iqtisodchi, boʻlim/sex boshligʻi va boshqa.)) toʻgʻrisidagi xujjat (mavjud boʻlsa);
  • Xoʻjalik jamiyatlarining rahbarlik lavozimlarida ishlash tajribasi (boshqaruv raisi/direktor, boshqaruv raisi/direktor oʻrinbosari, bosh hisobchi, tashkilotining yuridik xizmati rahbari, vakolatxona yoki filial rahbari) toʻgʻrisidagi xujjat (mavjud boʻlsa);
  • Xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida ish tajribasi toʻgʻrisidagi xujjat (mavjud boʻlsa);
  • Xorijiy tillarni bilish darajasi toʻgʻrisida guvohnoma (mavjud boʻlsa);
  • Amal qilish muddatiga ega korporativ boshqaruvchi malaka attestati (mavjud boʻlsa);
  • Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi, auditor, sugʻurtalovchi, baholovchi, sud boshqaruvchisi malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi amal qilish muddatiga ega xujjatlar (mavjud boʻlsa);
  • Xalqaro sertifikatlar (CFA, CPA, ACCA, ACA, CIMA, IMC, FRM) (mavjud boʻlsa);
  • Kompyuter bilimdonlik - MS Office, MS Excel – ishonchli foydalanish (guvohnoma mavjud boʻlsa);

Tanlov xujjatlarini topshirishning oxirgi muddati - eʼlon berilgan sanadan 15 kun.

Tanlov takliflari va xujjatlar muxrlangan konvertlarda va konvertning ustki qismida tanlovda ishtirok etuvchi nomzodning tanlovda ishtirok etish uchun arizasi ilova qilingan xolda taqdim qilinadi.

Xujjatlar quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Bayqaro ko`chasi ,41 uy.

Maʼlumotlar uchun telefon: +998 90 000 29 82

31 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech