E'lon.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi
"Davlat mulkini boshqarish to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qarori hamda jamiyat ijroiya
organining rahbarlik lavozimlariga tanlov o'tkazish va nomzodlarni saralash tartibi
to'g'risidagi Nizom talablariga asosan "O'ztemiryo'lqurilishmontaj" MCHJ ijroiya organ
rahbari lavozimiga nomzodlarni saralash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
1. Lavozim tavsifi (yo'riqnomasi):
— Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi hisoblanadi;
— ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish ko'radi, shu jumladan jamiyat
manfaatlarini ifoda etadi va bitimlar tuzadi;
— Jamiyatning moliyaviy va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
— banklarda hisob-kitob va boshqa hisob varaqlarni ochadi, o'z vakolatlari
doirasida jamiyat mulki va moliyaviy mablag'larini boshqaradi;
— yillik hisobot, yillik buxgalteriya balansi va qatnashchilar o'rtasida sof
foydani taqsimlashga oid takliflarni tayyorlaydi va qatnashchilar umumiy yig'ilishiga
taqdim etadi, ko'rsatib o'tilgan organlarni kundalik moliyaviy va xo'jalik faoliyati
to'g'risida xabardor qilib turadi, umumiy yig'ilish qarorlarining bajarilishini
tashkil qiladi;
— Jamiyat ijrochi xodimlariga rahbarlik qiladi, jamiyat Shtatlar jadvalini
tasdiqlaydi, hisob yuritilishini tashkil qiladi hamda jamiyat faoliyati to'g'risidagi
buxgalterlik va statistik hisobotlarning tuzilishini va ularning soliq organlariga,
ijtimoiy jamg'armalar va davlat statistika organlariga o'z vaqtida taqdim etilishini
ta'minlaydi;
— Ustavga va amaldagi qonunchilikka muvofiq jamiyat rahbari sifatida boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
2. Nomzodlarga qo'yiladigan malaka talablar:
Quyidagi shaxslar nomzod bo'la olmaydi:
• oliy ma'lumoti bo'lmagan shaxslar;
• rahbarlik lavozimida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo'lmagan shaxslar;
• ushbu shaxslar aybi bilan lisenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli,
ko'rsatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziyani bekor qilish paytida bunday
shaxslar yakka ijroiya organi vazifasini bajarayotgan bo'lsa yoki kollegial ijroiya organi
tarkibiga kirsa yoki yuridik shaxs ta'sischilari hisoblansa va bunday lisenziyani bekor
qilgandan uch yildan kam vaqt o'tgan bo'lsa;
• iqtisodiyot sohasida yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sodir etganligi
sababli sudlanganlik holati tugallanmagan bo'lsa, shuningdek korrupsiyaga oid
jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestriga
kiritilgan bo'lsa;
• sud hukmiga binoan muayyan lavozimda ishlash yoki muayyan faoliyat bilan
shug'ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs;
• bunday shaxs bankrot etib topilgan paytda yuridik shaxsning yakka ijroiya organ
vazifasini bajargan yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan bo'lsa va uni bankrot
deb topgan paytdan xali ikki yil o'tmagan bo'lsa.
Nomzodlarga qo'yiladigan umumiy talablar:
• mutaxassisligi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lish;
• rahbarlik lavozimlarida shu jumladan, boshqaruv raisi/direktor, rahbar
o'rinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan lavozimlar (bosh muhandis,
direstor o'rinbosari va boshqa lavozimlarda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo'lish;
• mazkur sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega bo'lgan shaxslar;
• yirik korxonalarni boshqarish bo'yicha muvaffaqiyatli tajribasi mavjudligi;
• o'zi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxonalarda biznes strategiyasi/barqaror
rivojlanish/investision loyihalar siyosatini ishlab chiqish va targ'ib qilish tajribasi;
• o'zi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxonalarda chuqur o'zgarishlarni, zamonaviy
korporativ tizimini va madaniyatini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasi;
3. Taqdim etilishi lozim bo'lgan hujjatlar:
• Tanlovda qatnashishga roziligi, taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligini
tasdiqlashi va tanlovda g'olib bo'lgan taqdirda ishga yollash shartnomasini tuzishga
roziligi bildirilgan, o'z qo'li bilan yozilgan ariza;
• Ma'lumotnoma-ob'ektivka (belgilangan shakldagi);
• Mehnat daftarchasi nusxasi;
• Oliy ma'lumot to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasasining
yoki xorijda oliy ta'lim olganligi bakalavr diplomi va/yoki magistr diplomi (mavjud
bo'lsa);
• Ilmiy unvon (fan nomzodi, fan bo'yicha falsafa doktori, fan doktori) va ilmiy
daraja (dosent, katta ilmiy xodim, professor) tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo'lsa);
• Qo'shimcha oliy ma'lumot olganligi (ikkinchi, uchinchi) haqidagi diplom (mavjud
bo'lsa);
• O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli
qarorlariga ko'ra lavozimga tayinlangan to'g'risidagi hujjat (ish tajribasi ko'rsatilgan
holda);
• Tanlov e'lon qilingan sohadagi rahbarlik tajribasi (boshqaruv raisi/direktor,
boshqaruv raisi/direktor o'rinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan
lavozimlar (bosh muhandis, bosh mexanik, bosh iqtisodchi, bo'lim/tsex boshlig'i va boshqa.))
to'g'risidagi hujjat (mavjud bo'lsa);
• Xo'jalik jamiyatlarining rahbarlik lavozimlarida ishlash tajribasi (boshqaruv
raisi/direktor, boshqaruv raisi/direktor o'rinbosari, vakolatxona yoki filial rahbari)
to'g'risidagi hujjat (mavjud bo'lsa);
• Xo'jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi a'zosi sifatida ish tajribasi
to'g'risidagi hujjat (mavjud bo'lsa);
• Amal qilish muddatiga ega korporativ boshqaruvchi malaka attestati (mavjud
bo'lsa);
• Qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassisi, auditor, sug'urtalovchi, baholovchi, sud
boshqaruvchisi malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi amal qilish muddatiga ega
hujjatlar (mavjud bo'lsa);
• Xalqaro sertifikatlar (CFA, CPA, ACCA, ACA, CIMA, IMC, FRM) (mavjud bo'lsa);
• Kompyuter bilimdonlik — MS Office, MS Excel– ishonchli foydalanish
(guvohnoma mavjud bo'lsa);
Tanlov hujjatlarini topshirishning oxirgi muddati 2025 yil 23 iyul
Tanlov takliflari va hujjatlar muxrlangan konvertlarda va konvertning ustki
qismida tanlovda ishtirok etuvchi nomzodning tanlovda ishtirok etish uchun arizasi ilova
qilingan holda taqdim qilinadi.
Hujjatlar quyidagi manzil bo'yicha qabul qilinadi: Toshkent shahri, Bektemir
tumani, H. Bayqaro ko'chasi, 41 uy.
Ma'lumotlar uchun telefon: +998 90 000 29 82
Korxona veb-sahifasi: www.utygm.uz