Yangiliklar

17 Sentyabr 2026

Yangihayot tumanidagi mahallalarda monitoring tadbiri o'tkazildi.

Yangihayot tumanidagi mahallalarda monitoring tadbiri o'tkazildi.

2026-yil 16-sentabr kuni Davlat aktivlari agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig'i A. Razzoqov Yangihayot tumanidagi biriktirilgan mahallalarni tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif Toshkent shahar hokimining 2026-yil 7-sentabrdagi 446-14-0-Q/26-sonli "Toshkent shahrida kambag'allikni qisqartirish hamda mahallalarda aholi bandligi va daromadini oshirish bo'yicha yangi tizim joriy etish" to'g'risidagi qarori asosida amalga oshirildi.

Tashrif davomida mahalla yetkililari tomonidan olib borilayotgan quyidagi yo'nalishlardagi ishlar bilan yaqindan tanishildi:
Aholi xonadonlari va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati;
Fuqarolarning bandligi va daromad manbalari;
Mavjud muammo va ehtiyojlar.

Mazkur tashriflar mahalladagi real vaziyatni tahlil qilish hamda aholi farovonligini oshirish yo'nalishidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

142 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech