Olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari va hududlarda oʻtkazilgan Road show taqdimotlari hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan qiziqishlari natijasida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining (UZEX) aksiyalarini sotib olish boʻyicha yetarlicha buyurtmalar yigʻildi.
Shunga qaramasdan, UZEX aksiyalarga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda va ko‘pchilik dasturda ishtirok etishni istashmoqda.
Aksiyalarning ommaviy taklifi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylov kampaniyasiga to‘g‘ri kelganini, shuningdek, aksiyalarni sotib olishga qiziqish saqlanib qolayotganini inobatga olib, anderrayterlar tomonidan arizalarni topshirish muddatini uzaytirish taklif etilgan.
Endi barcha xohlovchilar 2024-yil 8 noyabr soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) "Xalqchil IPO" doirasida UZEX aksiylarini xarid qilish uchun ariza topshirishi mumkin. Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Aksiyalarni quyidagi usullar orqali sotib olishingiz mumkin:
• ipo.e-auksion.uz, (https://ipo.e-auksion.uz/ipo?view=3)
• GoInvest (https://goinvest.uz/home-uz) (hozirda Google Play’da mavjud),
• Jett (https://jett.uz/uz/) servisi (Multicard, Zoomrad, MyUztelecom, DavrMobile 2.0 ilovalarida), yoki app.jett.uz veb terminali,
• yoki brokerlar orqali. (https://xalqchilipo.uz/participation_in_xalqchil_ipo.html#:~:text=Broker%20orqali%0Aariza%20topshirish)