Toshkent shahrida vazirlik va idoralarga tegishli yettita ma’muriy bino jami 868,8 mlrd so‘mga sotildi. Sotilgan obyektlar qatoridan Transport vazirligi, Sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi hamda Davlat xizmatlari agentligining binolari o‘rin olgan.

