Yangiliklar

01 Avgust 2024

31-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

487 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 40,2 mlrd so'm bo'lgan 208 ta lot 83,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

davlat aktivlari:

- soni 7 ta
- boshlang'ich narxi 30 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 47,3 mlrd so‘m

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 23,4 mlrd so‘m bo‘lgan “5-son stomatologik poliklinika” MChJ ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 38,7 mlrd so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=10074864)

yer uchastkalari:

- soni 156 ta
- boshlang'ich narxi 9,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 34,3 mlrd so‘m
- yer maydoni 21,2 ga

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida boshlang‘ich narxi 3 mlrd so‘m bo‘lgan turistik rekreatsion zonalar yеr uchastkasi dam olish maskani qurish uchun 3,5 gektar yеr uchastkasi 11,8 mlrd so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=10337037)

qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

- soni 25 ta
- boshlang'ich narx 697 mln so'm
- sotilgan narx 1,2 mlrd so'm
- yer maydoni 210 ga

ko'chma savdo joylari:

- soni 13 ta
- boshlang'ich narxi 5 mln so‘m
- sotilgan narxi 94 mln so‘m

Toshkent viloyati Toshkent tumanidan boshlang'ich narxi 1,2 mln so‘m bo'lgan ko'chma savdo joyi 64,9 mln so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=10339664)

O'tkazilgan savdolarda 538 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 13,8 trln so'm bo'lgan 146 972 ta lot savdoga qo'yilgan.

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech