Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi "Davlat mulkini boshqarish to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qarori hamda jamiyat ijroiya organining rahbarlik lavozimlariga tanlov o'tkazish va nomzodlarni saralash tartibi to'g'risidagi Nizom talablariga asosan "Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi" MCHJ ijroiya organ rahbari lavozimiga nomzodlarni saralash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
1. Lavozim tavsifi (yo'riqnomasi):
— Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi hisoblanadi;
— ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish ko'radi, shu jumladan jamiyat manfaatlarini ifoda etadi va bitimlar tuzadi;
— Jamiyatning moliyaviy va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
— banklarda hisob-kitob va boshqa hisob varaqlarni ochadi, o'z vakolatlari doirasida jamiyat mulki va moliyaviy mablag'larini boshqaradi;
— yillik hisobot, yillik buxgalteriya balansi va qatnashchilar o'rtasida sof foydani taqsimlashga oid takliflarni tayyorlaydi va ta'sischilar umumiy yig'ilishiga taqdim etadi, ko'rsatib o'tilgan organlarni kundalik moliyaviy va xo'jalik faoliyati to'g'risida xabardor qilib turadi, umumiy yig'ilish qarorlarining bajarilishini tashkil qiladi;
— Jamiyat ijrochi xodimlariga rahbarlik qiladi, jamiyat Shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, hisob yuritilishini tashkil qiladi hamda jamiyat faoliyati to'g'risidagi buxgalterlik va statistik hisobotlarning tuzilishini va ularning soliq organlariga, ijtimoiy jamg'armalar va davlat statistika organlariga o'z vaqtida taqdim etilishini ta'minlaydi;
— Ustavga va amaldagi qonunchilikka muvofiq jamiyat rahbari sifatida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
2. Nomzodlarga qo'yiladigan malaka talablar:
Quyidagi shaxslar nomzod bo'la olmaydi:
• oliy ma'lumoti bo'lmagan shaxslar;
• rahbarlik lavozimida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo'lmagan shaxslar;
• ushbu shaxslar aybi bilan lisenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli, ko'rsatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziyani bekor qilish paytida bunday shaxslar yakka ijroiya organi vazifasini bajarayotgan bo'lsa yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirsa yoki yuridik shaxs ta'sischilari hisoblansa va bunday lisenziyani bekor qilgandan uch yildan kam vaqt o'tgan bo'lsa;
• iqtisodiyot sohasida yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sodir etganligi sababli sudlanganlik holati tugallanmagan bo'lsa, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestriga kiritilgan bo'lsa;
• sud hukmiga binoan muayyan lavozimda ishlash yoki muayyan faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs;
• bunday shaxs bankrot etib topilgan paytda yuridik shaxsning yakka ijroiya organ vazifasini bajargan yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan bo'lsa va uni bankrot deb topgan paytdan hali ikki yil o'tmagan bo'lsa.
Nomzodlarga qo'yiladigan umumiy talablar:
• mutaxassisligi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lish;
• rahbarlik lavozimlarida shu jumladan, boshqaruv raisi/direktor, rahbar o'rinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan lavozimlar (bosh muhandis, direktor o'rinbosari va boshqa lavozimlarda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo'lish;
• mazkur sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega bo'lgan shaxslar;
• yirik korxonalarni boshqarish bo'yicha muvaffaqiyatli tajribasi mavjudligi;
• o'zi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxonalarda biznes strategiyasi/barqaror rivojlanish/investision loyihalar siyosatini ishlab chiqish va targ'ib qilish tajribasi;
• o'zi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxonalarda chuqur o'zgarishlarni, zamonaviy korporativ tizimini va madaniyatini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasi;
3. Taqdim etilishi lozim bo'lgan hujjatlar:
• Tanlovda qatnashishga roziligi, taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligini tasdiqlashi va tanlovda g'olib bo'lgan taqdirda ishga yollash shartnomasini tuzishga roziligi bildirilgan, o'z qo'li bilan yozilgan ariza;
• Ma'lumotnoma-ob'ektivka (belgilangan shakldagi);
• Mehnat daftarchasi nusxasi;
• Oliy ma'lumot to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasasining yoki xorijda oliy ta'lim olganligi bakalavr diplomi va/yoki magistr diplomi (mavjud bo'lsa);
• Ilmiy unvon (fan nomzodi, fan bo'yicha falsafa doktori, fan doktori) va ilmiy daraja (dosent, katta ilmiy xodim, professor) tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo'lsa);
• Qo'shimcha oliy ma'lumot olganligi (ikkinchi, uchinchi) haqidagi diplom (mavjud bo'lsa);
• O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga ko'ra lavozimga tayinlangan to'g'risidagi hujjat (ish tajribasi ko'rsatilgan holda);
• Tanlov e'lon qilingan sohadagi rahbarlik tajribasi (boshqaruv raisi/direktor, boshqaruv raisi/direktor o'rinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan lavozimlar (bosh muhandis, bosh mexanik, bosh iqtisodchi, bo'lim/tsex boshlig'i va boshqa.)) to'g'risidagi hujjat (mavjud bo'lsa);
• Xo'jalik jamiyatlarining rahbarlik lavozimlarida ishlash tajribasi (boshqaruv raisi/direktor, boshqaruv raisi/direktor o'rinbosari, vakolatxona yoki filial rahbari) to'g'risidagi hujjat (mavjud bo'lsa);
• Xo'jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi a'zosi sifatida ish tajribasi to'g'risidagi hujjat (mavjud bo'lsa);
• Amal qilish muddatiga ega korporativ boshqaruvchi malaka attestati (mavjud bo'lsa);
• Qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassisi, auditor, sug'urtalovchi, baholovchi, sud boshqaruvchisi malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi amal qilish muddatiga ega hujjatlar (mavjud bo'lsa);
• Xalqaro sertifikatlar (CFA, CPA, ACCA, ACA, CIMA, IMC, FRM) (mavjud bo'lsa);
• Kompyuter bilimdonlik — MS Office, MS Excel– ishonchli foydalanish (guvohnoma mavjud bo'lsa);
Tanlov hujjatlarini topshirishning oxirgi muddati, tanlov e'lon qilingan kundan boshlab 15 kun.
Tanlov takliflari va hujjatlar muhrlangan konvertlarda va konvertning ustki qismida tanlovda ishtirok etuvchi nomzodning tanlovda ishtirok etish uchun arizasi ilova qilingan holda taqdim qilinadi.
Hujjatlar quyidagi manzil bo'yicha qabul qilinadi: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 30-uy.
Ma'lumotlar uchun telefon: + 998 55 501 43 00
Korxona veb-sahifasi: www.technocorp.uz

