Yangiliklar

22 Sentyabr 2026

Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha…

Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali tizim joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 1-dekabrga qadar "dmi.mehnat.uz" axborot tizimida nodavlat tashkilotlar uchun ixtiyoriy ravishda foydalanish maqsadida qarorning 3-bandida (https://t.me/BSA_uz/21271) nazarda tutilgan imkoniyatlarni yaratishi belgilandi.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga doir murojaatlar, ularni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash hamda ularning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor etilishi va tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan javobgarlik barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklatildi.

Yangi tartibga muvofiq (https://t.me/BSA_uz/21271),

▫️davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va mansabdor shaxslari har yili Agentlik bilan kelishilgan o‘quv dasturlari asosida qisqa trening kurslarida o‘qitiladi;

▫️nodavlat tashkilotlari xodimlari ixtiyoriy ravishda vazirlik tomonidan tashkil etiladigan qisqa trening kurslarida o‘qitilishi mumkin.

200 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech