Yangiliklar

04 Mart 2026

Iqtisodiy huquq yo‘nalishida chuqur ixtisoslashgan deontologiya mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida iqtisodiy huquq yo‘nalishi tinglovchilari uchun tashkil etilgan deontologiya mashg‘uloti doirasida amaliy ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mas’ul xodimi X.Omonov ishtirok etib, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining yuridik va jismoniy shaxslar to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bog‘liq faoliyati” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida tinglovchilarga mazkur yo‘nalishdagi dolzarb masalalar, amaliy tajriba hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

58 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech