Yangiliklar

26 Noyabr 2024

“Xalqchil IPO” dasturi doirasida “OʻzRTXB“ AJning aksiyadori boʻlgan investorlar qoʻshimcha aksiyalarga ega boʻldilar

Avval xabar berilganidek, joriy yil 26-sentabrdan 8-noyabrga qadar ilk marotaba ”Xalqchil IPO” dasturi doirasida “OʻzRTXB“ AJ aksiyalarining ommaviy joylashtirish jarayoni oʻtkazildi.

Mazkur jarayon yakunida kelib tushgan buyurtmalarni saralash natijasida, 11 298 ta investorlar “OʻzRTXB“ AJning 3 326 031 dona aksiyalariga egalik qilgan holda uning yangi aksiyadorlari qatoriga kiritildi.

Oʻz navbatida, “OʻzRTXB“ AJ aksiyadorlarining 2024-yil 26-oktabrdagi umumiy yigʻilishida “OʻzRTXB” AJning taqsimlanmagan foydasining bir qismini kapitallashtirish hisobiga qoʻshimcha aksiyalar chiqarish orqali uning ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Natijada, ”Xalqchil IPO” dasturi doirasida “OʻzRTXB“ AJ aksiyalarini sotib olgan investorlar har bir aksiyasiga qoʻshimcha ravishda hech qanday toʻlovlar amalga oshirmagan holda 4 donadan aksiyaga ega boʻldilar.

Kelajakka – “OʻzRTXB“ AJning aksiyalariga kiritilgan sarmoya aksiyadorlarga dastlabki daromadlarni keltirmoqda.

8 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech