O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi (https://lex.uz/docs/-7886963)yuzasidan ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan boshqaruv kadrlari uchun maxsus o'quv tashkil etilmoqda.
Unda "yangi O'zbekiston qiyofasidagi" 33 ta tuman (shahar) hokimlarining ijtimoiy sohaga mas'ul o'rinbosarlari hamda Agentlik xodimlari, ekspertlar ishtirok etmoqda.
Maqsad — "yangi O'zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)" maqomidagi 33 ta tuman (shahar) hokimliklarida natijaga asoslangan boshqaruv modelini ishlab chiqish hamda uning joriy etilishini uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, ijtimoiy sohada tegishli vazifalarni bajarish va maqsadli ko'rsatkichlarga erishishda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga ko'maklashishdan iborat.
Dastur quyidagi mavzularni qamrab oladi:
➡️natijaga yo'naltirilgan davlat boshqaruvi
➡️hududiy rivojlanish va kompleks rejalashtirish, hududiy darajada milliy brendlarni rivojlantirish
➡️infratuzilma va energiya tejovchi loyihalarni boshqarish, moliyaviy boshqaruv
➡️nazorat va dasturlarni amalga oshirish natijalari uchun rahbarlarning shaxsiy javobgarligi
➡️ijtimoiy infratuzilmani master-rejalarga integrasiya qilish
➡️ijtimoiy KPI ko'rsatkichlari.
Xabar berib kelayotganimizdek, Agentlik tomonidan tashkil etilayotgan malaka oshirish dasturlari yangicha yondashuv asosida tashkil etilib, xususiy sektorning ilg'or tajribasi va raqamli echimlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan mavzularni ham qamrab olmoqda. Shu munosabat bilan, tashkil etilayotgan maxsus o'quv doirasida ishtirokchilarni
▪️Olimpiya shaharchasi — zamonaviy sport majmuasi
▪️ Milliy tibbiyot markazi — xalqaro standartlar talablariga muvofiq yuqori darajada ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatishga mo'ljallangan markaz
▪️Yangi O'zbekiston universitetida xalqaro standartlar va ilg'or ta'lim dasturlari asosida zamonaviy boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimi
▪️ijtimoiy sohada sun'iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda raqamlashtirishni rivojlantirish maqsadida "it-Park Uzbekistan" faoliyati
▪️Zarqaynar ko'chasida mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi uchun zamonaviy dam olish va gastronomik muhitni yaratish hamda turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar
▪️Islom sivilizasiyasi markazida O'zbekistonning ilmiy, madaniy merosini o'rganish, asrash hamda jahonga namoyish etishga qaratilgan ilmiy-ma'rifiy ishlar bilan tanishtirish rejalashtirilgan.
O'quv O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Rxxvdxa hamkorligi doirasida joriy yilning 24-28 mart kunlari bo'lib o'tadi.

