Yangiliklar

22 Oktyabr 2026

DAVLAT AKTIVLARI AGENTLIGI VA STONEX MOLIYAVIY HAMKORLIK IMKONIYATLARINI MUHOKAMA QILDI

Amerika–O‘zbekiston biznes-forumi doirasida Davlat aktivlari agentligi direktori Sohibjon Murodovning “StoneX” kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha bosh ijrochi direktori Greg Kallinikos bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Uchrashuv davomida StoneX vakillari xalqaro kapital bozorlari, qarzni moliyalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish sohasida kompaniyaning O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini taqdim etdilar.

Tomonlar mamlakatimiz banklari va korxonalari bilan hamkorlik yo‘nalishlari, shu jumladan, qarz instrumentlari orqali moliyalashtirish, shuningdek, energetika, transport va tog‘-kon sanoati sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv O‘zbekiston korxonalarining moliyaviy resurslarga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish uchun StoneX xalqaro tajribasini qo‘llash istiqbollarini ko‘rib chiqish imkonini berdi.

133 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech