News

16 September 2026

Qoraqalpog'iston Respublikasida Roadshow bo'lib o'tdi

BugunQoraqalpog‘iston RespublikasiningNukus shahridaDavlat aktivlarini boshqarish agentligining Roadshow taqdimotibo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir an’anaviy tarzda ketma-ket oltinchi yil o‘tkazilmoqda.

 

Tadbir davomida tadbirkorlar, investorlar va keng jamoatchilikka hududdaxususiylashtirilayotgan davlat aktivlari, yer uchastkalari hamda yaratilayotgan yangi imkoniyatlarhaqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Roadshow taqdimotida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriSohibjon Murodov, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ direktoriBekzod Usmonov, Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi direktoriIlhom Xalpayev, Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘iMaqsud Rajapov, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy tashkilotlar rahbarlari, 250 nafardan ortiq tadbirkor va investorlarhamda hududdagi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

 

Taqdimot davomida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidandavlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish, bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish,tadbirkorlikni rivojlantirish, ular negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, budjet tushumlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

 

Agentlik direktoriSohibjon Murodovo‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:

“2025–2026-yillarda fuqarolar va tadbirkorlarga doimiy foydalanish, ijara hamda umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi asosida foydalanib kelingan,umumiy maydoni 184,99 gektar bo‘lgan2 856 ta yer uchastkasi 9,5 mlrd so‘mgaxususiylashtirildi. Natijadafuqarolar va tadbirkorlarushbu yer uchastkalarini garovga qo‘yish yoki ularning ayrim qismlarini sotish imkoniyatiga ega bo‘ldilar”.

 

Shuningdek,2025-yil davomida 129 mlrd so‘mlik 199 ta davlat aktivisavdolarga chiqarilganini, shundan89 ta aktiv 52 mlrd so‘mga realizatsiya qilinganini ta’kidlash lozim. Hozirgi vaqtda auksion savdolaridajami 133 mlrd so‘mlik 90 ta davlat aktivimavjud.

 

Bundan tashqari, 2025-yilda elektron onlayn-auksionlar orqaliumumiy maydoni 81 gektar bo‘lgan 1 035 ta yer uchastkasirealizatsiya qilindi. Bugungi kunda umumiy maydoni874,6 gektar bo‘lgan yer uchastkalarinielektron onlayn sotish jarayoni davom etmoqda.

 

Tadbirda Prezidentning 2026-yilgi Xususiylashtirish dasturi tasdiqlanganPF-177-son Farmoni doirasida yaratilgan yangi imkoniyatlarhaqida ham ma’lumot berildi.

 

Xususan,davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarinixarid qilishda15 foiz miqdorida avans to‘lash,qolgan summani esa qonunchilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlari uchun ularning qiymati2027-yil 1-yanvarga qadar olti oy ichida to‘liq to‘langan taqdirda, shartnoma qiymatining25 foizi miqdorida chegirmataqdim etilishi belgilangan.

 

Mazkur imkoniyatlartadbirkorlar va investorlarning yangi loyihalarni amalga oshirishihamda o‘z biznesini kengaytirishida muhim ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Matbuot xizmati

120 Print
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech