News

15 September 2026

O‘zbekiston korporativ boshqaruvi va kapital bozori islohotlariga xalqaro ekspert Baxodir Ataxanov nigohi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2026-yil 28-avgustdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-177-son Farmoni nafaqat belgilangan vazifalarning ko‘lami, balki unda nazarda tutilgan institutsional yechimlarning sifati bilan ham e’tiborga loyiqdir. Farmonning muhim jihati shundaki, unda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish davlat organlari o‘rtasidagi vakolatlarni taqsimlash, davlat ishtirokidagi korxonalar maqomi hamda investorlar bilan o‘zaro munosabatlar qoidalarini qamrab oluvchi tizimli islohotlarning bir qismi sifatida ko‘rib chiqilgan.

 

Umuman olganda,Farmonda belgilangan xususiylashtirish dasturi xususiy investitsiyalar bazasini kengaytirishga xizmat qiladihamda davlatga o‘z resurslarini O‘zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilgan asosiy funksiya va vazifalarni bajarishga yo‘naltirish imkonini beradi.

 

Xususiylashtirish mexanizmlarininginstitutsional arxitekturani mustahkamlash bilan uyg‘unlashtirilishi, odatda, xalqaro investitsiya hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanadi.

 

Xususan, Farmonning 7-bandida nazarda tutilgan qoidalar alohida e’tiborga loyiq. Raqobatdosh tarmoqlarda budjetdan moliyalashtirilmasdan yangidavlat muassasalarini tashkil etishni taqiqlash “qat’iy budjet cheklovlari” tamoyiliga mos keladi hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasida halol raqobatni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchidavlat muassasalarini xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibidan asosiy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan tashkilotlarni chiqarib, keyinchalik ularni xususiylashtirish tijorat faoliyati va davlat funksiyalarini yanada aniq chegaralash imkonini beradi.

 

Xususiylashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasini tugatish va uning vakolatlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror ham alohida e’tiborga loyiq. Mulkdor vakolatlarining yagona institutda jamlanishi davlat aktivlarini boshqarishdagi parokandalikni kamaytiradiva yakuniy natija uchun shaxsiy javobgarlikni oshiradi.

 

Milliy xavfsizlik uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xususiylashtirilayotgan korxonalarni boshqarishda davlatning maxsus ishtirok etish huquqini saqlab qolish masalasiga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Bu Farmonning 6-bandi “i” kichik bandida nazarda tutilgan. Bunday ishtirok etish vositasi O‘zbekistonda ilgari ham qo‘llanilgan bo‘lib, uning o‘zi bozor tamoyillariga zid emas. Mazkur normaning ahamiyati unda belgilangan uchta shart bilan belgilanadi: huquq vaqtinchalik xususiyatga ega; undan foydalanish yirik va strategik korxonalar bilan cheklangan hamda davlat rahbarining alohida qarorini talab qiladi; bunday huquqdan foydalanish korxonani xususiylashtirishdan oldin ommaviy ravishda oshkor etiladi.

 

Shuningdek, Farmonda investitsiya hamjamiyati bilan kommunikatsiya sifatiga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlash lozim. 17-banddaxalqaro forumlarda taqdimotlar (“Road Show”) o‘tkazish, shuningdek, potensial investorlarni savdolarda ishtirok etishga jalb qilishmaqsadida xorijiy ommaviy axborot vositalari va PR-konsalting kompaniyalaribilan tizimli ishlash nazarda tutilgan.

 

Bunday yondashuv yirik xususiylashtirish bitimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shakllangan xalqaro amaliyotga mos keladi. Bundaxalqaro investitsiya hamjamiyati bilan tizimli ishlash investorlarning keng bazasini shakllantirish, adolatli narx shakllanishini ta’minlash vaaktivlarning keyingi likvidligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, korporativ boshqaruv nuqtayi nazaridan xususiylashtirilayotgan korxonalarda shaffoflik, axborotni oshkor qilish sifati va boshqaruv organlari faoliyati samaradorligiga qo‘yiladigan talablarning oshishini anglatadi.

 

Farmonning yuqorida qayd etilgan qoidalarini izchil va sifatli amalga oshirishO‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investorlarning ishonchini oshirishga, shu bilan birga, milliy kapital bozorining rivojlanishiga xizmat qilishi lozim.

135 Print
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech