Yangiliklar

17 Iyul 2024

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Sud boshqaruvchilar ishtirokida o'quv seminar o'tkazildi

 Agentlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 13-apreldagi
118-son buyrug‘i ijrosini tashkil etish maqsadida my.davaktiv.uz tizimi bilan ishlash yuzasidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Sud boshqaruvchilar ishtirokida o'quv seminar o'tkazildi.

Seminar davomida to'lovga qobiliyatsiz deb topilgan korxonalarning tugatish ishlari boshlanganiga bir yildan oshgan korxonalarning ijro holatini tanqidiy ko'rib chiqish va tugatish ishlarini jadallashtirish hamda Sud boshqaruvchilarning shaxsiy kabineti orqali tugatilayotgan korxonaning tugatish jarayonlari yuzasidan tegishli ma'lumotlarni my.davaktiv.uz tizimiga kiritish holatini o'rganish shuningdek, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari atroflicha ko'rib chiqildi.

Seminar davomida tugatilayotgan korxonaning tugatish jarayonlari yuzasidan tegishli ma'lumotlarni my.davaktiv.uz tizimga to'liq va sifatli kiritish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi.

 

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech