Yangiliklar

24 Sentyabr 2024

23-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

689 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 76,7 mlrd so'm bo'lgan 999 ta lot 133,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

 davlat aktivlari:

- soni 6 ta
- boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m

Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 582,3 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan noturar bino 815,2 mln so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=10914412)

 davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:

- soni 6 ta
- boshlang'ich narxi 9,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 12,5 mlrd so‘m

Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 5,4 mlrd so‘m bo‘lgan AT “Xalq banki" balansidagi noturar bino-inshoat 7,3 mlrd so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11192597)

davlat mulkini ijaraga berish:

- soni 14 ta
- boshlang'ich narxi 130,5 mln so‘m
- sotilgan narxi 241,2 mln so‘m

Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 20,4 mln so‘m bo‘lgan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti balansidagi bo‘sh turgan xona 120,5 mln so‘mga ijaraga berildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11124574)

 yer uchastkalari:

- soni 273 ta
- boshlang'ich narxi 36,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 52,8 mlrd so‘m
- yer maydoni 12,8 ga

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang‘ich narxi 22,5 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 42 sotix yеr uchastkasi 31,5 mlrd so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=11235484)

ko'chma savdo joylari:

- soni 116 ta
- boshlang'ich narxi 81 mln so‘m
- sotilgan narxi 321 mln so‘m

Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanidan boshlang'ich narxi 3,8 mln so‘m bo'lgan ko'chma savdo joyi 14,6 mln so‘mga sotildi. (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=10946343)

 sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

- soni 83 ta
- boshlang'ich narxi 16,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 27,7 mlrd so‘m

O'tkazilgan savdolarda 2 810 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 15,3 trln so'm bo'lgan 144 232 ta lot savdoga qo'yilgan.

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech