Yangiliklar

20 Oktyabr 2026

Jizzax viloyati tadbirkorlari va ishbilarmonlari diqqatiga!

Davlat aktivlari agentligi tomonidan joriy yilning 21-oktabr (chorshanba) kuni soat 10:00 da Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 64 uyda joylashgan "Jizzax kibersport arenasi" binosida Jizzax viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.

 

Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!

78 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech