Bu ob'ektlar qulay shart asosida sotilsa, tadbirkorlar loyiha qilib, ish o'rni yaratadi.
Masalan, Andijon shahri endokrinologiya markazidagi 20 sotix, yonidagi 1-son poliklinikaning 30 sotix bo'sh eri auktsionga chiqsa, tadbirkor 20 million dollarlik 600 o'rinli xususiy tibbiyot markazi qurmoqchi.Yoki, Andijon tumani O'rikzor mahallasidagi ta'mirtalab "o'quvchi yoshlar markazi" auktsionga qo'yilsa, bu erga 35 million dollar investisiya kiritib, jami 6 ming o'rinli bog'cha, maktab, texnikum va oliygohdan iborat ta'lim klasteri qilaman, degan tadbirkorlar ham bor.
Mutasaddilarga bo'sh yotgan barcha er va binolarni auktsionga chiqarish topshirildi.