Yangiliklar

26 Noyabr 2026

25-noyabr kuni o‘tkazilgan onlayn savdolar natijalari

753 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 105,5 mlrd so‘m bo‘lgan 370 ta lot 131,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki ijarasi:

– soni – 38 ta;
– boshlang‘ich narxi – 2,9 mlrd so‘m;
– sotilgan narxi – 3,6 mlrd so‘m.

Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida boshlang‘ich yillik ijara narxi 2,43 mlrd so‘m bo‘lgan, Termiz davlat universiteti balansidagi bo‘sh turgan bino 2,55 mlrd so‘mga ijaraga berildi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:

– soni – 88 ta;
– boshlang‘ich narxi – 73,8 mlrd so‘m;
– sotilgan narxi – 75,4 mlrd so‘m.

Yer uchastkalari:

– soni – 157 ta;
– boshlang‘ich narxi – 25,5 mlrd so‘m;
– sotilgan narxi – 48,4 mlrd so‘m;
– yer maydoni – 46,5 gektar.

Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida boshlang‘ich narxi 2,49 mlrd so‘m bo‘lgan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi uchun yer uchastkasi 17 mlrd so‘mga sotildi.

Qishloq va dehqon xo‘jaligi yerlari:

– soni – 61 ta;
– boshlang‘ich narxi – 2,6 mlrd so‘m;
– sotilgan narxi – 2,9 mlrd so‘m;
– yer maydoni – 473 gektar.

Boshqalar:

– soni – 26 ta;
– boshlang‘ich narxi – 0,7 mlrd so‘m;
– sotilgan narxi – 1,2 mlrd so‘m.

O‘tkazilgan savdolarda 636 nafar yuridik va jismoniy shaxs qatnashdi.

Hozirda umumiy qiymati 40,6 trln so‘m bo‘lgan 120 716 ta lot savdoga qo‘yilgan.

66 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech